Andijonda 55 ming dollar evaziga yer maydoni toifasini oʻzgartirib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Fuqaro M.I. tomonidan Andijon viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilingan murojaat asosida viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Tadbir davomida fuqaro M.Yu. Marhamat tumanidagi “Ershi” mahallasi Y.Oxunboboyev massivida joylashgan 1,5 gektar bogʻdorchilik ekin yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali noturar joy toifasiga oʻtkazib, 55 000 AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgani maʼlum boʻldi. U kelishilgan mablagʻning 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.