Dastlab oʻz tomorqasiga ishlov berish maqsadida yaratilgan ushbu texnika import qilinadigan traktorlardan qariyb 2 baravar arzon va yoqilgʻi sarfi oz.
Ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirgan tadbirkor tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi. Kelgusida traktorlar sonini 100 dan oshirish va bu orqali yuzga yaqin fuqarolarni ish bilan band qilish rejalashtirilgan.
Tomorqachilik bilan shugʻullanayotgan oilalarga qulaylik yaratish maqsadida ayni paytda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan mazkur texnikalarni realizatsiya qilish, xususan aholiga lizing asosida berish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.