Viloyat IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, erkak 2000-yilda tugʻilgan M.N. boʻlib, u Shahrixon tumanida istiqomat qiladi.

Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Andijon shahar sudida koʻrib chiqildi. Sud hukmiga koʻra, M.N.ga nisbatan MJtKning 184-4-moddasi bilan BHMning 15 baravari miqdorida 5,1 mln soʻm jarima jazosi qoʻllanildi.

Elatib oʻtamiz, 2023-yilning 31-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasida jamoat joylarida yuzni toʻsib yurishga qarshi qonun kuchga kiritilib, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yangi 184 prim 4-moddasida oʻz aksini topdi.