Andijonda chim ustida xokkey musobaqasi oʻtkazildi

    Sport 7 Noyabr 2020 3641

    Oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslarda bosh sovrinini Fargʻonaliklar qoʻlga kiritdi.

    Joriy yilning 1-6-noyabr kunlar Andijon shahrida joylashgan Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabining “Barkamol avlod” sport majmuasida chim ustida xokkey boʻyicha 14 yosh va undan kichik oʻsmirlar va oʻsmir-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan musobaqa natijalariga koʻra oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslarda bosh sovrinini Fargʻonaliklar qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Andijon viloyati qoʻlga kiritdi. Qizlar oʻrtasidagi bahslarda bosh sovrinini Fargʻonaliklar qoʻlga kiritgan boʻlsa,

    Andijonliklar ikkinchi, Namanganliklar esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.