“I.P.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar MCHJga qarashli “Qurama” MFY hududida joylashgan chorva fermasi va ishlab chiqarish binosida oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga 845 dona “Bitmain” mayning kripto-aktivlari qurilmalarini oʻrnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi.
Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 40,4 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergovga qadar tekshiruvda maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.