Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.N. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga sotib olingan “Chevrolet Equinox” rusumli avtomashinani garovga qoʻymasdan fuqaro B.M.ga 39 000 AQSH dollariga sotib yuborib, bank manfaatlariga 378 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlandi.