Andijonda gazdan noqonuniy foydalangan MCHJga qonuniy chora koʻrilishi belgilandi

    Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 274,1 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

    “Oʻzenergoinspeksiya“ Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi bilan hamkorlikda nazorat tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Izboskan tumanida joylashgan «U.T.« MCHJga qarashli oshxonada hisoblagichga oʻrnatilgan plombani buzib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi.

    Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.