Andijonda ham Prezident maktabiga saralash boshlandi

    Imtixonlar Andijon shahridagi Sportning o'yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-, 4- va 5-binolarida bo'lib o'tmoqda.

    Viloyat hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, talabgorlar FaceID tizimidan o'tib, guruh nazoratchilari boshchiligida o'z joylarini egallagan. Imtixon joyida tibbiy va boshqa barcha xavfsizlik choralari ko'rilgan. O'quvchilar faqat tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, imtixonga qatnashish ruhsatnomasi bilan kiritilmoqda. Jarayon karantin qoidalariga amal qilgan holda davom etmoqda.

    Ota-onalar uchun jarayonni test2021.uz sayti orqali onlayn ravishda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

    Ma'lumotga ko'ra, viloyatda Prezident maktabiga jami 144 nafar o'quvchi qabul qilish rejalashtirilgan. Test sinovlari joriy yilning 26—28-iyul kunlari 2 smena (1-smena 08:00 da va 2-smena 19:00 da) davomida o'tkaziladi.