Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida u qolgan 14 800 dollarni olayotganda ushlangan.
Tergovga koʻra, mansabdor shaxs tuman hududidan oʻtgan katta yoʻl boʻyida 400 metr uzunlikdagi zovurni yopiq tizimga oʻtkazish orqali 60 sotix yer maydonini ajratib, unda har biri 30 kvadrat metrli 8 ta savdo doʻkoni qurishga ruxsat berishni vaʼda qilgan. Buning uchun u fuqarodan 15 ming dollar talab qilgan va oldindan 200 dollar olgan.
Hozirda u Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari hamda 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi boʻyicha jinoyat ishi doirasida qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga toʻsiq boʻladi, ijtimoiy barqarorlikka tahdid soladi. Fuqarolardan bunday holatlarga nisbatan ogoh va murosasiz boʻlish soʻraladi.









