Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Paxtaobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Paxtaobod ombori ekspeditor-kassiri Sh.T. (muqaddam sudlangan) 35,1 tonna koʻmirni mahalliy tadbirkorga 35,1 million soʻmga sotishga kelishgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. U mazkur pullar hisobidan 2 800 dollar olgani ham tasdiqlangan. Omborda oʻtkazilgan xatlovda esa 196,1 tonna koʻmir kamomadi aniqlandi.
Qoʻrgʻontepa tumanida oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa shu korxonaning boshqa ombori masʼul shaxslari 153,6 tonna imtiyozli koʻmirni 7 nafar fuqaro va tadbirkorga 1 200 soʻmdan sotish paytida qoʻlga olingan. Xatlov natijasida bu omborda ham 183,9 tonna kamomad borligi maʼlum boʻldi.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlangan.








