Qayd etilishicha, Andijon viloyati Buloqboshi tumani Sarvontepa MFY hududidan oqib oʻtuvchi Janubiy Fargʻona kanali qirgʻoqlarining biriga shikast yetganligi oqibatida maʼlum miqdorda suv sizib chiqqan.
Ushbu maʼlumot olinishi bilan Viloyat Norin Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul toʻxtatilgan, — deyiladi xabarda.
Hozirda Andijon viloyati FVB rahbariyati va kerakli boʻlgan barcha kuch va vositalar sodir boʻlgan hodisani bartaraf etish uchun jalb etilgan va vaziyat toʻliq nazoratga olingan.
Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.









