Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 21-iyul kuni Andijon shahar Yu.Otabekov koʻchasida joylashgan yer osti quvuriga (kanalizatsiya) 2 nafar fuqaro tushib ketdi.

Taʼkidlanishicha, boshqarmaning tezkor qutqaruv otryadi hodimlari voqea joyiga borib, maxsus qutqaruv vositalari yordamida har ikki jabrlanuvchilarni soat 14:00 da chuqurlikdan olib chiqishga muvaffaq boʻlishgan.

Ushbu holat sababi oʻrganilganda, ular oʻzboshimchalik bilan belgilanmagan tartibda, maxsus kiyimboshsiz, yer osti suv quvurini taʼmirlash maqsadida tushganligi aniqlangan.

Tabiiyki, chuqurlik masofasi 10 metrdan ziyod boʻlganligi uchun, havo yetishmasligi oqibatida xushsiz holatga kelib qolganligi koʻrilgan. Hozirda fuqarolarga, birinchi yordam koʻrsatish maqsadida, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining Andijon mintaqaviy filialiga yuborilgan.