Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasining xabar berishicha, payshanba kuni soat 10:22 da tez yordam brigadasi voqea joyiga yetib borgan. Bu vaqtda 1999-yilda tugʻilgan yigit ogʻir ahvolda boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yigit soat 10:34 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi viloyat filialiga olib kelingan. Markaz shifokorlari operatsiya natijasida bemorning hayotini saqlab qolgan.
Unga bosh miya ogʻir jarohati, chayqalishi, gematomasi, qosh qismi yirtilishi, oʻng oshiq-boldir boʻgʻimi chiqishi, oshiq-boldir boʻgʻimi sinishi, postravmatik karaxtlik va bolalikdan kar-soqov tashxislari qoʻyilgan.
Bemorning holati oʻrta ogʻirlikda deb baholanmoqda. U hozirda shifokorlar nazorati ostida, salomatlik holati esa ijobiy koʻrinishda.