Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 08-iyul kuni, Andijon shahar Oʻzbekiston koʻchasi “Korzinka” supermarket oldidagi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyida, haydovchi, 1999-yilda tugʻilgan А.X. oʻzining “Kobalt” rusumli transport vositasida harakatlanib kelayotgan vaqtida, yoʻlning oʻng tarafidan chap tarafiga kesib oʻtish uchun oʻtayotgan piyoda, 2014-yilda tugʻilgan Т.S.ni urib yuborib, yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.

Hozirda holat yuzasidan, Andijon shahar IIO FMB YHXB masʼul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.