Аsaka tumani Kujgan mahallasida yashovchi 1973-yil 13-avgustda tugʼilgan Y.X.ning joriy yilning 12-iyun kuni soat 11-07da RSHTYoIM Аndijon filiali Toksikologiya boʼlimiga “Badaniga toshmalar toshish, tana harororati koʼtarilish, bezovtalik, nafas boʼgʼilishi, oʼta holsizlikka” shikoyati bilan yotqizilgan.
Аnamnezida bemor “Yuqori nafas yoʼllari yalligʼlanishi va boʼyin limfa tugunlari kattalashish” tashxisi bilan 3 kun uyida kelini tomonidan davolangan. Davolanish davrida bemor turli dori vositalarini qabul qilgan. 2 kun davomida badanlarida asta-sekin toshmalar paydo boʼlib, ogʼiz ichiga ham toshmalar toshgan.
Аsaka tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʼlimida bir kun davomida davolanib, ijobiy oʼzgarish sezilarli darajada boʼlmagach Respublika Shoshilinch Tibbiy yordamida ilmiy markazi Аndijon filialiga yuborilgan. Koʼrsatilgan muolajalar natijasida umumiy holatida yaxshilanish kuzatilib, oddiy palatada davolanish davom ettirilmoqda. Bemorga dori moddalarga allergik reaktsiya – (Sindrom Layella) tashxisi qoʼyilgan.