Qayd etilishicha, bugun, 12-yanvar kuni soat 13.40 da Andijon viloyati Andijon tumani Kuyganyor shaharchasi “Istiqlol” MFYda joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 13.55da voqea joyiga yetib borgan, soat 14.00da yongʻin qurshab olingan va 14.55 da bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida sexning taxminan 150 kv.metr maydonda tomi, shifti va mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.