Andijonda Nexia haydovchisi 10 yoshli maktab oʻquvchisini urib ketdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda piyodalar yoʻlagi orqali yoʻlni kesib oʻtayotgan qizchani urib ketgani aks etgan video tarqadi.

    Mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati rasmiy maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 25-sentyabr kuni soat 15:35larda, Andijon shahar “Bogʻishamol” MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlining 342 km.da, 1993-yilda tugʻilgan haydovchi N.D. oʻzining “Nexia-2” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda, 2015-yilda tugʻilgan I.D.ni urib yuborib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

    Ushbu YTH oqibatida piyoda yengil tan jarohati olib RSHTTYOIAM shifoxonasiga murojaat qilgan.

    Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, — deyiladi xabarda.