Andijonda “Onix” turargohdan chiqayotib anhorga tushib ketdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida “Onix” avtotransport vositasi anhorga tushib ketgani boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha, Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 8-oktyabr kuni soat 14:00larda, Andijon shahar Yu.Otabekova hamda Shahidtepa koʻchalari kesishgan chorraha oldidagi ovqatlanish shoxobchasi avtoturargohidan, 1973-yilda tugʻilgan haydovchi Sh.O. oʻzining “Onix” rusumli transport vositasida orqaga harakatlanayotgan vaqtida, boshqaruvni yoʻqotib, ushbu joydagi anhorga tushib ketgan.

    Ushbu hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan, transport vositasi maxsus texnikalar yordamida anhordan chiqarilgan.