Qayd etilishicha, davlatimiz rahbarining “2023-2026-yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Andijon viloyatida "Oʻpka salomatligi" mobil kompleksi ishga tushdi.
Maʼlumotlarga koʻra, mobil kompleksida yoʻlga qoʻyilgan zamonaviy uskunalar orqali hududlardagi olis, chekka, ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi aholiga bepul tibbiy koʻrik hamda skrining tadbirlari oʻtkaziladi.