Endigi navbat Andijon viloyatiga. Tekshirishlar shuni ko'rsatyaptiki, ba'zi hududlarda PERFECTUM telefon aloqasi umuman ishlamaydi. Demak, boshladik.
Andijon shahri
Viloyat markazi bo'lgani uchunmi, bunday muammolardan nisbatan xoli ekan. (Boshlanishiga yaxshi ko'rsatkich).
Xonobod shahar
Ushbu shaharga bormoqchi bo'lsangiz, boravering, qaysi kompaniya aloqa operatoridan foydalansangiz ham, sizda muammo bo'lmaydi.
Andijon tumani
PERFECTUM kompaniyasi bu hududda barcha mizojlarini yo'qotib bo'lgan, yoki u erda umuman mijozi yo'q. CHunki Andijon tumanida PERFECTUM umuman ishlamaydi.
MOBIUZ esa yo'qdan ko'ra bor, ammo ishlashi sust.
Asaka tumani
74 mahallali ushbu tuman hududida aloqa operatorlarining deyarli barchasi yaxshi ishlaydi.
Baliqchi tumani
Ushbu tumanning yarimidan ko'pida aloqa sifati qoniqarsizligi kuzatildi. PERFECTUM aloqa operatori mijozi bo'lsangiz, tumandagi «YAkkatol», «Serquyosh», «Barkamol», «Jasorat», «Turkiston», «Ko'l bo'yi», “Tumor, «Botir» MFYlariga borishni maslahat bermaymiz, chunki bu kompaniya shu hududlarda yaxshi ishlamaydi.
Ushbu tumanda yashovchi yurtdoshlarimiz hech qachon MOBIUZ aloqa operatoridan foydalanmasalar kerak, negaki bu erlarda aloqa umuman yo'q. BEELINE va UCELLning faoliyati esa maqtanarli emas, afsuski. Aloqa kompaniyalari buni inobatga olib qo'ysalar, yaxshi bo'lardi.
Buloqboshi tumani
Tumanda barcha aloqa kompaniyalari ishlab turibdi. Ammo qoniqarlisidan, qoniqarsizi ko'p. UZMOBILE tumandagi «Tarlos», “Buyuk Turon, «CHaqar», «Farovon», va yana 12 ta MFYlarida yaxshi ishlamaydi. Tumandagi 37 mahalladan 17 tasida BEELINE, 14 tasida PERFECTUM ishlamaydi. UCELL aloqa operatori tumanning barcha mahallalarida ishlab turibdi. Ammo hammasida aloqa yaxshi deya olmaymiz.
Bo'ston tumani
UCELL bo'stonliklar bilan yaxshi munosabat o'rnatgan ko'rinadi barchasida aloqa sifati zo'r.
MOBIUZ 25 ta mahallaning 17 tasida ishlash sifati sust. Qolgan aloqa operatorlari harqalay ishlab turibdi.
Jalaquduq tumani
PERFECTUM aloqa operatori nimagadir jalaquduqliklar uchun umuman xizmat ko'rsatmas ekan. Ushbu mavhumlikka aniqlik kiritishidan umidvormiz. Ammo qolgan aloqa kompaniyalari faoliyati yaxshi.
Qo'rg'ontepa tumani
PERFECTUM bu tumanga ham nazar solmagan. 74 ta mahallaning hech birida aloqa yo'q.
UZMOBILE 42 ta, MOBIUZ 32 ta , BEELINE 69 ta, UCELL 46 ta mahallada yaxshi ishlamaydi.
Oltinko'l tumani
BEELINEdan boshlasak, oltinko'lliklarning ham «hayotning yorqin tarafida bo'lish»lari qiyin ko'rinadi. 55 ta hududdan 55 tasida yaxshi ishlamaydi!
UCELL 39 ta mahallada sust ishlaydi qolganlarida ishlab turibdi. Aloqa sifatiga e'tibor bersalar foydadan holi bo'lmas edi.
UZMOBILE va MOBIUZ barcha mahalla uchun birdek xizmatda.
Ulug'nor tumani
MOBIUZ , BEELINE va PERFECTUM aloqa operatorlari 21ta mahallaning 17 tasida yaxshi ishlamaydi.
UCELL esa barcha mahallada a'lo darajada ishlaydi.
Xo'jaobod tumani
38 ta mahalladan tashkil topgan ushbu tumanda BEELINE va PERFECTUM 10 ta mahallada yaxshi ishlamaydi. Qolgan kompaniyalarning ishlash sifati qoniqarli.
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyatlar bo'yicha monitoring kuzatuvlarini davom ettiradi.
Aziza Xo'jakeldieva,
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi bosh mutaxassisi