Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon shahar “Bobur” ETK elektromontyori N.M. fuqaro M.Z.ning xonadonida elektr energiyasidan 7,8 mln soʻm qarzdorligini yoʻq qilib berishi evaziga 4 mln soʻmni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.