Biroq, olib borilgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan, fuqarolar tomonidan belgilangan cheklov qoidalarini buzish  holatlari kuzatilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 1 avgust kunidan 7 sentyabr` kuniga qadar Qo'rg'ontepa, Marxamat, Asaka, Jalaquduq, SHahrixon hamda Xo'jaobod tumanlarida o'tkazilgan jami 11 ta to'y marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 54-modda 2-qismiga asosan ma'muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda qonuniy chora ko'rishlik uchun Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga yuborildi.