Ushbu holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, ishni koʻrib chiqish natijasida joriy yilning mart iyul oylarida birja savdolari orqali sotilishi kerak boʻlgan jami 122,7 ming tn sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida realizatsiya qilinganligi.
Bunda, jami 2,7 ming tn sement mahsuloti oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkasidan yuqori narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilinganligi natijasida 81,1 mln soʻm asossiz ravishda daromad olingan va boshqa sement ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Shangfeng-Bridge of Friendship” MCHJga nisbatan raqobatga zid harakatlarni, xususan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirganligi (demping harakatlari) va birja savdolarini oʻtkazish chogʻida raqobatni cheklaydigan harakatlarni sodir etganligi sababli belgilangan tartibida 4,9 mlrd (toʻrt milliard toʻqqiz yuz million) soʻm miqdorda moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.
Shu bilan birgalikda, MCHJ tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi (sement) mahsulotini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga asosan realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini hisoblash boʻyicha toʻplangan hujjatlar soliq organiga yuborildi.
Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega, — deyiladi xabarda.