13-yanvar kuni soat 06:18 da Andijon tumani “Dehqon” MFY Barhayot koʻchasida joylashgan xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻldi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi. 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 06:33 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 06:36 da qurshab olingan va soat 06:55 da bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida xonadonning 50 kvadrat metr maydonida shift, tom qismi va uy jihozlari hamda darvozaxonada boʻlgan Damas yonib zararlangan. Yongʻindan uyning 120 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.