Dastlabki maʼlumotlarga köra, 1990-yilda tuğilgan N.S. "HOWO" rusumli yuk avtomaşinasini boşqarib ketayotgan vaqtda uxlab qolişi oqibatida transport vositasi ustidan boşqaruvni yöqotgan. Natijada avtomaşina yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketib, köça çetidagi uzum söritoğiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yöq. Biroq yaqin atrofdagi turar joylarga moddiy zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboşi tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Haydovçilardan yölga çiqişdan oldin özlarining jismoniy holatiga eʼtibor qaratiş, çarçoq yoki uyqusizlik alomatlari kuzatilganda transport vositasini boşqarmaslik söraladi. Zero, bir lahzalik eʼtiborsizlik ham inson hayoti va mol-mulki uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.

Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati