Andijonda yuk mashinasi temir yoʻl koʻprigiga urildi

    Andijon viloyatining Andijon tumanida haydovchi uxlab qolishi oqibatida temir yoʻl koʻprigiga borib urildi.

    Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 5-avgust kuni tungi soat 04:00larda, 2002-yilda tugʻilgan haydovchi A.S. oʻzining boshqaruvida boʻlgan “NOWO” rusumli yuk avtomashinasini Andijon tumani “Sanoat” MFY, hududidan oʻtgan 4R-116 avtomobil yoʻlining (Namangan-Uychi-Paytugʻ-Andijon) 83km.da harakatlanib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotib temir yoʻl koʻprigiga borib urilishi oqibatida yoʻl-transport hodisasini sodir boʻldi.

    YTH oqibatida, “NOWO” rusumli yuk avtomashinasi hamda temir yoʻl koʻprigi zararlangan, tan jarohat olgan fuqarolar yoʻq.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.