Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Hozirda jami 500 tonna yoqilgʻilar maxsus avtotransportlar orqali Andijondagi 214 ta xususiy va “Oʻzbekneftgaz” brendi ostidagi AYOQSHlarga “Andijon neft bazasi" MCHJ tomonidan yetkazib berilmoqda.
Ushbu harakatlar yoqilgʻi tanqisligini oldini olish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha hamkor tashkilotlar va “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan hamkorligida Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan nazoratga olingan.
Jarayonlar davomida AYOQSHlarda noqonuniy harakatlar yoki boshqa bir muammoga duch kelgan fuqarolar raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasining +99874 223 57 00, “Andijon neft bazasi" MCHJning +99874 291 11 22 ishonch raqamlariga qoʻngʻiroq qilish orqali murojaatlarini bildirishlari mumkin.