Holat boʻyicha Bolalar ombudsmani maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Bolalar ombudsmani oʻrganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 16-avgust kuni Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyachi bolalarni qisqa muddatga nazoratsiz qoldirgan vaqtida yuz bergan boʻlib, tarbiyalanuvchi 2023-yilda tugʻilgan R.G. (qiz bola) ni boshqa tarbiyalanuvchi bola oʻzaro tortishuvda tishlab olgan. Mazkur holatda bolalar parvarishiga yetarlicha eʼtibor bermay nazorat qilmaganligi sababli bogʻcha tarbiyachisi T.Sh. lavozimidan ozod etilgan.
Hozirda 2023-yilda tugʻilgan R.G. ning ahvoli ijobiy boʻlib, sogʻligʻi uchun hech bir xavf mavjud emas.