Unda respublika va viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda hamkor tashkilotlarning matbuot xizmati vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumanida DXA viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Abdurahmon Alimov FHDYO boʻlimlarida aholiga yaratilayotgan qulayliklar haqida gapirib, joriy yilning 6 oyi davomida qayd etilgan tugʻilish, oʻlim, nikoh va ajrim holatlari boʻyicha maʼlumot berdi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan nikohdan oʻtish uchun toʻlanadigan toʻlovlar invoys orqali amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilganligini qayd etdi.
-Bunda, fuqaroning shaxsiy telefoniga toʻlov amalga oshirilganligi haqida sms xabar keladi,- deydi Abdurahmon Alimov. - Unda tasdiqlash kodi boʻladi. Kod biriktirilgandan soʻng nikoh guvohnomasi beriladi. Fuqarolarni ortiqcha yugur-yugurlardan holi etgan yana bir yangilik nikohni qayd qilish joriy yilning 1-iyundan boshlab ularning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslarning pochta manzili (joylashgan yeri)dan qatʼiy nazar, eksterritorial tartibda amalga oshirilishi boʻldi. Endilikda fuqarolar istalgan hududdagi FHDYO boʻlimiga nikohni qayd etish uchun ariza topshirish hamda tibbiy koʻrikdan oʻtish mumkin.
FHDYO boʻlimlarining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 6 oyi davomida boʻlimlarga 56 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Shu kunga qadar 36734 nafar chaqaloqning tugʻilganligi qayd etilgan boʻlsa, 7659 nafar yurtdoshimiz vafot etgan. Oʻtgan davr mobaynida 9539 ta juftlikning qonuniy nikohi rasmiylashtirilgan boʻlsa, 1990 ta oilada ajrim holati yuz bergan.
Tadbir soʻnggida, boshqarma faoliyatini yoritishda jonbozlik koʻrsatgan jurnalist va blogerlar eʼtirof etilib, ularga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Umidjon Mamarasulov,
DXA viloyat boshqarmasi
yetakchi maslahatchisi.