Klub yangi mavsum oldidan oʻz logotipini yangiladi. Yangi logotipni yaratishda koʻk, qizil va oq ranglardan foydalanilgan. “A” harfi koʻrinishidagi logotipda Zahiriddin Muhammad Bobur haykali va burgut (jamoa laqabi) tasvirlangan.
Shuningdek, jamoa oʻz oʻyinlarini oʻtkazib keladigan “Sogʻlom avlod” stadioni nomi ham “Bobur Arena”ga almashtirildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida Andijon shahridagi markaziy stadion nomini “Bobur Arena” deb nomlash taklifi ilgari surilgan edi. Mazkur oʻzgarish orqali Farmonning ijrosi taʼminlandi.
Taʼkidlash kerak, dunyodagi koʻplab stadionlar tarixiy shaxslar nomi bilan ataladi. Bunga Monakodagi Lui II stadioni, Istanbuldagi turk xalqining milliy qahramoni Mustafo Kamol Otaturk nomi berilgan Olimpiya stadioni yoki Grozniydagi Ahmad Qodirov sharafiga qayta nomlangan “Ahmat Arena”larni misol keltirish mumkin. Endi ular safiga Andijondagi “Bobur Arena” ham qoʻshildi.
Andijondagi “Sogʻlom avlod” stadioni nomi “Bobur Arena”ga oʻzgartirildi
2020-yilgi futbol mavsumida katta mashaqqatlar evaziga superligadagi oʻrnini saqlab qolgan “Andijon” klubida marketing borasida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda jamoa matbuot xizmati.
Özbekistonda çegirmalar haqiqiyligini QR-kod orqali tekşiriş imkoni yaratilişi mumkin
- Özbekistonda Cambridge kitoblarining kontrafakt nusxalarini sotgan şaxslar jarimaga tortildi
- Olis hududlarda ishlaydigan shifokorlarning oylik qoʻshimcha ustamasi 2 million soʻmdan 4,5 million soʻmga oshiriladi
- Shifokorlar ishida yangi texnologiyalarni qoʻllashga eʼtibor kuchaytiriladi
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Prezident kelasi yil har bir hududga kamida 150 mln dollar investitsiya va grant jalb qilish vazifasini qoʻydi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi
- Misrga boruvchi o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar belgilandi