Xabarga ko‘ra, yong‘in o‘chirish vaqtida 1982-yilda tug‘ilgan uy egasining farzandlari: 2007-yilda tug‘ilgan SH.R., 2009-yilda tug‘ilgan SH.R., 2017-yilda tug‘ilgan Sh.M.larning 100 foiz kuygan xolda jasadi topilgan.
Yong‘inga 4 ta YoQElar jalb etilgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar 19:19 da yetib borishgan. Yong‘in 19:22 da o‘rab olinib, 19:32 da o‘chirilgan.
Aniqlanishicha, yong‘indan uyning 180 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni sababi va zarari aniqlanmoqda.
Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik J.Karimov, viloyat FVB TBX navbatchi smenasi, shahar FVB boshlig‘i podpolkovnik I.Azizov, shahar IIB TTG aʼzolari chiqqan.