Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, hodisa shu yilning 20-fevral kuni taxminan soat 18:02 larda viloyatning Shahrixon tumanning “Yangi Naynavo“ MFY hududida joylashgan Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida (propan) havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi hududida boʻlgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Hodisa oqibatida yongʻin kelib chiqmagan. Shuningdek, hozirda hodisa sodir boʻlish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.