Mazkur zamonaviy apparat joriy yil 14-mayda Prezidentimizning O‘zbekistonda onkologiya va gematolgiya sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida olib kelingan.
Ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biri ko‘krak bezi saratonidir. Shu bilan birga, O‘zbekistonda eng ko‘p aniqlanadigan onkologik xastalik ham aynan ko‘krak bezi saratonidir.
Onkologik kasalliklar bilan og‘rimaslikning, afsuski, yuz foizlik yechimi mavjud emas. Ammo ushbu kasalliklarga chalinish ehtimolini bir necha bor kamaytirishga erishish mumkin. Buning uchun esa, ratsional ovqatlanish, jismoniy faol bo‘lish, zararli odatlardan tiyilish, umuman olganda, sog‘lom turmush tarziga rioya etish va o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish insonni bunday og‘ir kasalliklar bilan xastalanish ehtimolini kamaytiradi.
Ma’lumot uchun, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tasarrufida mamlakat bo‘yicha ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha skrining ishlari olib uchun 13 ta mobil va 16 ta statsionar mammografik uskunalardan foydalanilmoqda.
Andijon viloyatiga keltirilgan «ASR-4000» rusumli mammograf apparati orqali ko‘krak bez saratoni kasalligini dastlabki bosqichlarida aniqlash imkoni yaratiladi.
Yana bir afzallik tomonidan biri ushbu apparatni olis va chekka qishloqlarning o‘ziga olib borgan holda ayollarni tekshiruvdan o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Bir oy ichida viloyatga qurilmaning yana bitta mammograf qurilmasi olib kelinadi. Shu kunlarda boshqa viloyatlarga ham shunday qurilmalar yetkazib berish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.