Andijonlik ota aliment qarzi evaziga ikki xonali uy berdi

    Ijtimoiy hayot 5 May 2025 642

    Maʼlumotlarga koʻra, qarzdorlik qariyb 88 mln soʻmga boʻlgan.

    Qayd etilishicha, viloyatning Ulugʻnor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. 2017-yilda Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan davrda belgilangan aliment toʻlovlarini amalga oshirmagani natijasida 87,8 mln. soʻm qarzdorlik yuzaga kelgan.

    Fuqaro M.A. xorijda boʻlgan vaqtda oʻz fuqarolik pasportining amal qilish muddati tugagan. Shu sababli, elchixonaga yangi biometrik pasport olish maqsadida murojaat qilgan. Murojaat chogʻida uning aliment majburiyatini bajarmagani va qarzdorlar roʻyxatiga kiritilgani maʼlum qilingan.

    Yuzaga kelgan qarzni qoplash maqsadida fuqaroning onasi tashabbus koʻrsatib, Ulugʻnor tumanida joylashgan ikki xonali hovli uyini nabiralari uchun rasmiylashtirish istagini bildirgan. Tomonlar oʻrtasida tegishli kelishuv tuzilgan va undiruvchi tomonidan koʻchmas mulk aliment qarzi evaziga qabul qilindi.