Andijonning oltin mevalari jahon bozoriga kirib bormoqda

    Sanoat 8 Yanvar 2021 1888

    Andijon viloyatidagi bogʻlar va tokzorlarda yetishtirilgan meva-sabzavotlarning mazasi nafaqat mamlakatimizda, balki boshqa davlatlarda ham yuqori baholanadi.

    Ushbu mahsulotlarning tashqi bozorlarda ham yana-da xaridorligini taʼminlash maqsadida Asaka tumanidagi “AGF ANDIJAN GOLDEN FRUITS” MCHJ tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ushbu korxonada boʻlib, ishlab chiqarish jarayoni, ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Oʻzbekiston brendi bilan qadoqlanayotgan mahsulotlarning avvalo sifatiga eʼtibor qaratish muhimligini taʼkidladi. Yevropa bozorida haridorligini taʼminlash masalalarida fikr-mulohazalar bildirdi.

    Loyixa kiymati 12 milliard soʻmni tashkil etuvchi mazkur korxonada yiliga 6 ming tonna mahsulotni qayta ishlash imkoniyati mavjud. Shuningdek, mahsulotning ming tonnasi ichki bozorga, 5 ming tonaasi esa tashqi bozorga chiqariladi.

    Korxonada asakalik 100 nafar ayol-qiz hamda yigitlarning mehnat qilishlari va oilalariga daromad olib kirishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Andijon viloyati hokimligi

    MATBUOT XIZMATI