Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi maʼlum qilişiça, tekşiruvlar fuqarolarning havo ifloslanişi va nafas oliş qiyinlaşayotgani haqidagi murojaatlari asosida ötkazilgan.
Andijon viloyatida ohak va ğişt işlab çiqaruvçi korxonalar faoliyati nazoratga olindi. Masʼullarga atmosfera havosini muhofaza qiliş, ekologik meʼyorlarga rioya etiş va işlab çiqariş jarayonlarini belgilangan talablar asosida taşkil etiş böyiça tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, korxonalardagi çang va gaz tozalaş uskunalarining samaradorligi örganilib, laboratoriya tahlillari uçun namunalar olindi. Tahlil natijalariga köra, qonunçilikda belgilangan çoralar köriladi.
Hududda aniqlangan ikkita qölbola ohak pişiriş öçoği bartaraf etildi.
Namangan viloyatida esa «S.M.» ğişt işlab çiqariş korxonasi atmosferaga yuqori darajada çang va gaz çiqarayotgani aniqlandi. Şu sababli korxona faoliyati vaqtinça töxtatildi va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berildi.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi reyd tadbirlari mamlakatning barça hududlarida davom ettirilişini maʼlum qildi.