Andijon viloyatida “Soliq Mobile” ilovasi orqali davlat byudjeti mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq yirik jinoyiy sxema fosh etildi.
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi .
Tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlanishicha , bir guruh shaxslar o‘zaro til biriktirib , bir nechta mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etgan va ular orqali soxta savdo operatsiyalarini rasmiylashtirgan .
Ma’lum qilinishicha , 2026 yilning mart –aprel oylarida mazkur korxonalar o‘rtasida amalda hech qanday moliyaviy operatsiyalar bo‘lmagan bo‘lsa-da , jami 1,1 trillion so‘mlik mahsulot etkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirilgan .
Shundan so‘ng savdodan tushgan mablag‘lar go‘yoki onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali qabul qilingani haqida ma’lumotlar shakllantirilib , xarid cheklari chiqarilgan . Natijada 100 mingdan ortiq fuqaro nomiga “Soliq Mobile ” ilovasi orqali keshbek hisoblangan .
Tekshiruvlarga ko‘ra , ushbu sxema orqali davlat byudjeti mablag‘laridan jami 35,1 milliard so‘m o‘zlashtirish va ratrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan .
Shuningdek , tergov davomida Andijon viloyati soliq boshqarmasining ayrim mas’ul xodimlari tomonidan mazkur korxonalar faoliyatidagi shubhali operatsiyalarga etarlicha chora ko‘rilmagani ham ma’lum bo‘lgan . Xususan , yirik hajmdagi hisob-fakturalar rasmiylashtirilganiga qaramasdan , korxonalarning QQS guvohnomalarini bekor qilish yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish choralari ko‘rilmagan .
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki ratrata yo‘li bilan talon-toroj qilish , mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda hujjatlarni qalbakilashtirishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan .
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda .