Uning soʻzlariga koʻra, Germaniya Afgʻonistondan, birinchi navbatda, oʻz fuqarolari, nemis tuzilmalarida ishlagan mahalliy xodimlar, shuningdek, yordamga muhtoj afgʻonlarni evakuatsiya qilmoqda.
Uning taʼkidlashicha, bu xalqaro hamjamiyat bilan muvofiqlashtirilgan murakkab operatsiya. “Shuningdek men, yaqindan hamkorlik qilayotgan Oʻzbekistonga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman”, dedi Germaniya federal kansleri.
Bundesver maʼlumotlariga koʻra, Germaniya 900 nafar qochqinni Qobuldan olib chiqdi. Shu kecha soat 3 larda “Lufthansa” va “Uzbekistan airways”ning bortida 500 kishi boʻlgan ikkita samolyoti Frankfurt-Maynga qoʻndi.