Aytilishicha, moviy orkinoslarning bozorda minglab va hatto millionlab dollarga sotilishi ularni dunyodagi eng qimmat baliqlarga aylantiradi. Tinch okeanidagi moviy orkinosning o'rtacha uzunligi taxminan 2 metr, og'irligi esa 250 kilogrammni tashkil etadi.
Qayiqchi Kirkvud kitlar va del`finlar bilan suzayotgan moviy baliqni ko'radi. Bu vaqtda ular kichikroq baliq ovlashayotgan edi.
“Taxminan soat ikkilar edi, suvda baland ovozlar eshitildi. O'sha paytda orkinos suvilon va sel`d baliqlarni ovlay boshladi. Ular to'dasi bilan suv yuzasiga chiqishar, shundan so'ng o'zlarini kuch bilan yana suvga urishardi. Bu orada men 20 xil baliq turini ko'rdim”, dedi u.
2013 yilda Tokiodagi mashhur TSukidzi bozorida vazni 222 kilogramm keladigan moviy orkinos rekord darajada sotilgan. Ulkan baliqni sushi restoranlari tarmog'i egasi Kieshi Kimura (Kiyoshi Kimura) 155 million iena (taxminan 1,8 million dollar)ga sotib olgan.