Olimlarning fikriga ko'ra, buyuk dramaturgning o'zi bir vaqtlar mazkur sahna bo'ylab yurgan.
Binoni ta'mirlash vaqtida pol qatlamlari ostidan yoshi 600 yil bo'lgan eman taxtalari topilgan. Shahar binosi XV asrda qurilgan bo'lib, dastlab diniy yig'ilishlar o'tkaziladigan joy bo'lgan, keyin esa teatr maydoniga aylangan. 1593-yilda vabo avj olgani sababli London teatrlari yopilganida, Shekspir truppasi bu erga gastrol uchun kelgan. San'atkorlarning Kings-Linnda chiqishlari uchun olgan to'lovlari haqida yozuvlar mavjud.
Yog'och sahna 1950-yillar va XVIII-XIX asrlarda oid pol qoplamalari ostida topilgan. Eni taxminan 30, qalinligi 15 santimetrli yog'och taxtalar mixlar bilan emas, balki yog'och qoziqlar bilan birlashtirilgan. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, pol kema ustalari tomonidan ishlangan, buning uchun taxminan bir yil vaqt ketgan, deb xabar beradi mir24.tv.