Yuzaga kelgan chuqurlik kamida bitta bog'ni “yutib yubordi”, 30 ga yaqin uy aholisini evakuatsiya qilishga to'g'ri keldi, deya xabar beradi Reuters.

Mahalliy hukumat 17-fevral kuni paydo bo'lgan va ertasi kuni kamida 20 metrgacha kengaygan chuqurni jiddiy hodisa deb atadi.

BBCning xabar berishicha, evakuatsiya qilingan uylar taxminan uch yil avval oldingi qum koni o'rnida qurilgan.

Surrey grafligi kengashi cho'kish sabablari bo'yicha tekshiruvlar davom etayotganini aytdi va aholidan ish olib borilayotgan vaqtda hududdan uzoqroq masofada bo'lishni so'radi, deb xabar beradi report.az.