Tanlovlar yakuniga ko‘ra, 77 nafar fuqaroga Buyuk Britaniyaga qishloq xo‘jaligi sohasida mavsumiy ishchi vizasi tasdiqlangan, ularni uyushgan holda yuborish choralari ko‘rilmoqda. Dastlab fuqarolar Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida qisqa muddatli kurslarda o‘qitildi.
Toshkent xalqaro aeroporti orqali dastlabki 38 nafar yurtdoshlarimiz Angliyada qishloq xo‘jaligi sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda jo‘natildi. Ular bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, eslatma bukletlar tarqatildi.