Angren – Olmaliq – Samarqand yoʻnalishidagi avtobus soat 9:00 da Angren avtostansiyasidan harakatlanishni boshlaydi. Soat 10:00 da esa Olmaliq avtostansiyasidan Samarqand shahri tomon yoʻlga chiqadi. Qatnov Bekobod shahri orqali amalga oshiriladi.

Angrendan Samarqandgacha yoʻlkira narxi 50 000 soʻm etib belgilangan. Olmaliqdan Samarqandgacha esa 45 000 soʻm. Chiptalarni Angren, Olmaliq, Samarqand avtostansiyalari kassalaridan sotib olish mumkin, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.