Transport vazirligining maʼlum qilishicha, Toshkent viloyati Angren shahrida roʻyxatdan oʻtgan “Angren avto group” MCHJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan 15 ta “Yutong” rusumli avtobuslarni bank krediti asosida xarid qilish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Yaqin kunlarda mazkur zamonaviy avtobuslar olib kelinib, foydalanishga topshiriladi.