Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudida 2003–2006-yillarda tugʻilgan S.Q., Z.U., D.Oʻ. va A.U.ga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqildi. Sud jarayoni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi talablariga muvofiq yopiq tarzda oʻtkazildi.
Unga koʻra, 20 yoshli S. Q., 22 yoshli Z. U., 22 yoshli D. Oʻ. va 23 yoshli A. U. (II-guruh nogironi)lar shaxslar voyaga yetmagan qiz, 15 yoshli S. Ya.ni jinsiy zoʻrlashda aybli deb topildi.
Sud hukmiga koʻra, S. Q.ga JKning 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi bilan 10-yil;
Z. U.ga JKning 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi “a” bandi bilan 12-yil;
D. Oʻ.ga JKning 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10-yil 6 oy;
A. U.ga 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi “a” bandi bilan 7-yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Birinchi instansiya sudi hukmi ustidan belgilangan tartibda Toshkent viloyati sudining apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish mumkin.