Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ularga nisbatan JKning 118-moddasi (nomusga tegish) va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) bilan ayblov eʼlon qilingan.
Jinoyat ishi JPKning 19-moddasi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Kecha Bolalar ombudsmani uning sogʻligi va ruhiy holatini oʻrganish maqsadida shifoxonaga tashrif buyurib, qizning ahvoli bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.
Psixolog xulosasiga koʻra, Y.S. posttravmatik tiklanish bosqichida boʻlib, uning holatini barqarorlashtirish va travmatizatsiyaning oldini olish uchun davolanishdan keyin neytral va xavfsiz oilaviy muhitga joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.