Bu haqda “OʻZENERGOINSPEKSIYA” axborot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Angren shahrida joylashgan “A.C.I.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 111 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.