“Angren-Obliq” temir yoʻl bekatlari oraligʻi 111-km.da, “Angren-Xovos” yoʻnalishi boʻyicha harakatlangan yuk poyezdi, usti yarim ochiq koʻmir mahsuloti ortilgan vagonlar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida, 1999-yilda tugʻilgan, Toshkent viloyati Angren shahri, Gʻ.Gʻulom mahallasida yashovchi, S.Q. vagonlarga osilib chiqib taxminan 300-400kg koʻmir mahsuloti tushirganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.