Qayd etilishicha, holat boʻyicha “Oʻzyoʻlkoʻprik“ klasterining Koʻprik va sunʼiy inshootlarni diagnostika qilish boʻlimi mutaxassislari tomonidan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining murojaatiga asosan qisqa muddatda mazkur koʻprikda oʻrganish ishlarini amalga oshirib, tegishli xulosani taqdim etdi.
Unga koʻra, koʻprik konstruksiyasi texnik holati oʻrganilganda oraliq qurilma toʻsinlarining maʼnaviy eskirgani, toʻsinlarning amaldagi yuklamalarni koʻtara olmasligi, koʻprik ustki qoplamasi qalinligi meʼyoridan ortib toʻsinlarga ortiqcha yuk berayotganligi, toʻsinlar oʻzaro yaxlit boʻlmay, alohida element sifatida ishlayotganligi hamda koʻprik ustki qoplamasidagi yoriqlardan va qatnov qismi qoplamasining chekka qismlaridan oqib tushgan suvlar toʻsinlarni butun tanasi boʻylab tarqalib, korroziyaga uchratayotganligi, toʻsinlardagi yoriqlardan suv sizib kirib ishchi armaturalarini ham korroziyaga uchratayotganligi aniqlandi.
Koʻprikning umumiy texnik holati qoniqarsiz holatda deya baholanadi va kelgusida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida koʻprikda toʻliq rekonstruksiya ishlarini olib borish lozimligi, koʻprik joylashgan avtomobil yoʻli I toifaga toʻgʻri kelganligi, koʻprik gabariti avtomobil yoʻliga mos emasligi, avtomobillar harakatida aynan koʻprik joylashgan oraliqda tirbandliklar hosil boʻlayotganligini inobatga olib, koʻprik rekonstruksiya ishlari doirasida avtomobil yoʻli toifasiga va zamonaviy A 14, NK 100 meʼyoriy talablarga mos boʻlgan yangi koʻprikni qurish maqsadga muvofiqligi aytib oʻtilgan.
Qoʻmitaning qoʻshimcha qilishicha, 2025-yil 13-may kuni taxminan soat 20:00 da, A 373 “Toshkent-Ohangaron- Angren-Qoʻqon-Shahrixon-Andijon“ avtomobil yoʻlining 85-kilometridagi “Qorabogʻsoy“ koʻprigi chetidagi oxirgi oraliq qurilmasi, yaʼni piyodalar yoʻlagi (bir bona oraliq qurilma balka 22.1 m) sinishi oqibatida ushbu yoʻnalish boʻyicha avtomobillar harakati vaqtincha cheklanib, harakatlanish vaqtincha D 019 “Angren shahrini aylanib oʻtish“ avtomobil yoʻliga oʻtkazilgan.
Maʼlumot uchun, A 373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qoʻqon-Shahrixon-Andijon“ avtomobil yoʻlining 85-kilometrida joylashgan 2Qorabogʻsoy“ koʻprigi 1969-yilda “MSU-14 trest UZ moststroy“ tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan va 1995-yilda rekonstruksiya qilingan. Koʻprik uch oraliqli sxemasi 3x22.2 m ulukli sxemada II toifali avtomobil yoʻliga moʻljallanib qurilgan, umumiy uzunligi 66.6 metr, koʻprikning oraliq qurilmalar kengligi 1.6 m, uzunligi 22.2 m, gabarita 1.3+0.30+14.05+0.30.+1.3 m koʻprikning balandligi 4.80 metr, qatnov qismining kengligi 2*6.55 m, trotuar kengligi 2*1.30 m, ajratuvchi tasmalar kengligi 0.96 m, koʻprik osti oʻtish gabarit balandligi 4.80 m, qatnov qismi qiyaligi boʻlama-1%, koʻndalang-3%, meʼyoriy yuklama N-30 t, NK-80 t, avtomobil yoʻli 16-toifaga mansub.








