Angren shahar IIB yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi mazkur holatni oʻrganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, xodimlar tomonidan mazkur yoʻl belgisi yangisiga almashtirildi va yoʻl harakati xavfsizligi tiklandi. Hozirda ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni aniqlash boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatilishicha, yoʻl belgilariga shikast yetkazish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 147-moddasiga muvofiq tegishli tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB yoʻl harakati qoidalariga befarq boʻlmagan va bu haqda xabar bergan faol fuqarolarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.